أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ مَرْثَدٍ، عَنْ سَعْدِ بْنِ عُبَيْدَةَ، عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ { يُثَبِّتُ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ } قَالَ نَزَلَتْ فِي عَذَابِ الْقَبْرِ يُقَالُ لَهُ مَنْ رَبُّكَ فَيَقُولُ رَبِّيَ اللَّهُ وَدِينِي دِينُ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم فَذَلِكَ قَوْلُهُ { يُثَبِّتُ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ } .
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan, Nabiy ﷺdan rivoyat qilinadi: U zot {Alloh iymon keltirganlarni bu dunyoda ham, oxiratda ham qatʼiy soʻz bilan sobit qiladi} degan oyat haqida: «Bu oyat qabr azobi haqida nozil boʻlgan. Unga: ‹Robbing kim?› deb aytiladi. U esa: ‹Robbim Alloh, dinim Muhammad ﷺning dinidir›, deydi. Ana shu Allohning {Alloh iymon keltirganlarni bu dunyoda ham, oxiratda ham qatʼiy soʻz bilan sobit qiladi} degan soʻzidir», dedilar.