أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ السَّائِبِ، عَنْ عَرْفَجَةَ، قَالَ كُنْتُ فِي بَيْتٍ فِيهِ عُتْبَةُ بْنُ فَرْقَدٍ فَأَرَدْتُ أَنْ أُحَدِّثَ بِحَدِيثٍ وَكَانَ رَجُلٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم كَأَنَّهُ أَوْلَى بِالْحَدِيثِ مِنِّي فَحَدَّثَ الرَّجُلُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " فِي رَمَضَانَ تُفْتَحُ فِيهِ أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَتُغْلَقُ فِيهِ أَبْوَابُ النَّارِ وَيُصَفَّدُ فِيهِ كُلُّ شَيْطَانٍ مَرِيدٍ وَيُنَادِي مُنَادٍ كُلَّ لَيْلَةٍ يَا طَالِبَ الْخَيْرِ هَلُمَّ وَيَا طَالِبَ الشَّرِّ أَمْسِكْ " .
Arfaja (rahimahulloh) aytadi: Men bir uyda edim, unda Utba ibn Farqad (roziyallohu anhu) bor edi. Men bir hadis aytmoqchi boʻldim, ammo u yerda Nabiy ﷺning sahobalaridan biri bor edi va u hadis aytishga mendan koʻra haqliroq edi. Shunda oʻsha kishi Nabiy ﷺdan rivoyat qilib, u zot Ramazon haqida: «Bu oyda osmon eshiklari ochiladi, doʻzax eshiklari yopiladi va har bir qaysar shayton kishanlanadi. Har kecha bir jarchi: ‹Ey yaxshilik talab qiluvchi, kel! Ey yomonlik talab qiluvchi, toʻxta!› deb nido qiladi», dedilar, dedi.