أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ مَسْعُودٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا خَالِدٌ، - وَهُوَ ابْنُ الْحَارِثِ - عَنْ كَهْمَسٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ شَقِيقٍ، قَالَ قُلْتُ لِعَائِشَةَ أَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي صَلاَةَ الضُّحَى قَالَتْ لاَ إِلاَّ أَنْ يَجِيءَ مِنْ مَغِيبِهِ . قُلْتُ هَلْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصُومُ شَهْرًا كُلَّهُ قَالَتْ لاَ مَا عَلِمْتُ صَامَ شَهْرًا كُلَّهُ إِلاَّ رَمَضَانَ وَلاَ أَفْطَرَ حَتَّى يَصُومَ مِنْهُ حَتَّى مَضَى لِسَبِيلِهِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men unga: «Rasululloh ﷺ zuho namozini oʻqirmidilar?» dedim. U: «Yoʻq, faqat safaridan qaytganlarida (oʻqirdilar)», dedi. Men: «Rasululloh ﷺ biror oyni butunlay roʻza tutarmidilar?» dedim. U: «Yoʻq, u zot Ramazondan boshqa biror oyni toʻliq roʻza tutganlarini bilmayman va u zot vafot etgunlariga qadar bir oyni undan roʻza tutmasdan butunlay ochib ham qoʻymas edilar», dedi.