أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، قَالَ حَدَّثَنِي سَهْلٌ، أَنَّ فِي الْجَنَّةِ، بَابًا يُقَالُ لَهُ الرَّيَّانُ يُقَالُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَيْنَ الصَّائِمُونَ هَلْ لَكُمْ إِلَى الرَّيَّانِ مَنْ دَخَلَهُ لَمْ يَظْمَأْ أَبَدًا فَإِذَا دَخَلُوا أُغْلِقَ عَلَيْهِمْ فَلَمْ يَدْخُلْ فِيهِ أَحَدٌ غَيْرُهُمْ .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, jannatda Rayyon deb ataladigan bir eshik bordir. Qiyomat kuni: «Roʻzadorlar qayerda? Rayyonga kirishni istaysizmi?» deb aytiladi. Kim undan kirsa, boshqa hech qachon chanqamaydi. Ular kirib boʻlgach, eshik ular ustidan yopiladi va undan ulardan boshqa hech kim kirmaydi.