أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ الْحَكَمِ، عَنْ شُعَيْبٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ الْهَادِ، عَنْ جَعْفَرِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ خَرَجَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى مَكَّةَ عَامَ الْفَتْحِ فِي رَمَضَانَ فَصَامَ حَتَّى بَلَغَ كُرَاعَ الْغَمِيمِ فَصَامَ النَّاسُ فَبَلَغَهُ أَنَّ النَّاسَ قَدْ شَقَّ عَلَيْهِمُ الصِّيَامُ فَدَعَا بِقَدَحٍ مِنَ الْمَاءِ بَعْدَ الْعَصْرِ فَشَرِبَ وَالنَّاسُ يَنْظُرُونَ فَأَفْطَرَ بَعْضُ النَّاسِ وَصَامَ بَعْضٌ فَبَلَغَهُ أَنَّ نَاسًا صَامُوا فَقَالَ " أُولَئِكَ الْعُصَاةُ " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Fath yilida Ramazon oyida Makkaga yoʻl oldilar va Kuroʻul-Gʻamimga yetguncha roʻza tutdilar, odamlar ham roʻza tutdilar. Soʻng u zotga odamlarga roʻza ogʻirlik qilayotgani xabari yetdi. U zot asrdan keyin bir idish suv soʻrab, odamlar qarab turgan holda uni ichdilar. Shunda baʼzi odamlar roʻzasini ochdi, baʼzilari roʻza tutishda davom etdi. U zotga baʼzi odamlar hamon roʻza tutayotgani xabari yetganda: «Ana oʻshalar itoatsizlardir», dedilar.