أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي عَمَّارٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُرَحْبِيلَ، قَالَ أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا تَقُولُ فِي رَجُلٍ صَامَ الدَّهْرَ كُلَّهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " وَدِدْتُ أَنَّهُ لَمْ يَطْعَمِ الدَّهْرَ شَيْئًا " . قَالَ فَثُلُثَيْهِ قَالَ " أَكْثَرَ " . قَالَ فَنِصْفَهُ قَالَ " أَكْثَرَ " . قَالَ " أَفَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِمَا يُذْهِبُ وَحَرَ الصَّدْرِ " . قَالُوا بَلَى . قَالَ " صِيَامُ ثَلاَثَةِ أَيَّامٍ مِنْ كُلِّ شَهْرٍ " .
Amr ibn Shurahbil (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ning oldilariga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, butun umr davomida roʻza tutgan kishi haqida nima deysiz?» dedi. Rasululloh ﷺ: «Umr boʻyi hech narsa yemaganini xohlar edim», dedilar. U: «Umrining uchdan ikkisini-chi?» dedi. U zot: «Bu koʻp», dedilar. U: «Yarmini-chi?» dedi. U zot: «Bu ham koʻp», dedilar. Soʻng: «Sizlarga koʻngil kiridan xalos etadigan narsani aytaymi?» dedilar. Ular: «Ha», dedilar. U zot: «Har oyda uch kun roʻza tutishdir», dedilar.