أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ الأَعْلَى، قَالَ حَدَّثَنَا مُعْتَمِرٌ، قَالَ سَمِعْتُ بَهْزَ بْنَ حَكِيمٍ، يُحَدِّثُ عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا نَبِيَّ اللَّهِ مَا أَتَيْتُكَ حَتَّى حَلَفْتُ أَكْثَرَ مِنْ عَدَدِهِنَّ - لأَصَابِعِ يَدَيْهِ - أَنْ لاَ آتِيَكَ وَلاَ آتِيَ دِينَكَ وَإِنِّي كُنْتُ امْرَأً لاَ أَعْقِلُ شَيْئًا إِلاَّ مَا عَلَّمَنِي اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ وَرَسُولُهُ وَإِنِّي أَسْأَلُكَ بِوَحْىِ اللَّهِ بِمَا بَعَثَكَ رَبُّكَ إِلَيْنَا قَالَ " بِالإِسْلاَمِ " . قُلْتُ وَمَا آيَاتُ الإِسْلاَمِ قَالَ " أَنْ تَقُولَ أَسْلَمْتُ وَجْهِيَ إِلَى اللَّهِ وَتَخَلَّيْتُ وَتُقِيمَ الصَّلاَةَ وَتُؤْتِيَ الزَّكَاةَ " .
Muoviya ibn Hayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men dedim: «Ey Allohning Nabiysi, men sizning huzuringizga kelmaslikka va diningizga ergashmaslikka — qoʻllarimning barmoqlari sonidan koʻra koʻproq marta qasam ichgan holimda keldim. Men Alloh azza va jalla hamda Uning Rasuli oʻrgatgan narsadan boshqasini uqmaydigan kishi edim. Men sizdan Allohning vahiysi haqi soʻrayman: Robbingiz sizni bizga nima bilan yubordi?» U zot: «Islom bilan», dedilar. Men: «Islomning belgilari nima?» dedim. U zot: «Yuzimni Allohga taslim qildim, deb aytishing va shirkdan uzoqlashishing, namozni toʻkis ado etishing hamda zakotni berishingdir», dedilar.