أَخْبَرَنَا مُجَاهِدُ بْنُ مُوسَى، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ جَامِعِ بْنِ أَبِي رَاشِدٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَا مِنْ رَجُلٍ لَهُ مَالٌ لاَ يُؤَدِّي حَقَّ مَالِهِ إِلاَّ جُعِلَ لَهُ طَوْقًا فِي عُنُقِهِ شُجَاعٌ أَقْرَعُ وَهُوَ يَفِرُّ مِنْهُ وَهُوَ يَتْبَعُهُ " . ثُمَّ قَرَأَ مِصْدَاقَهُ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ { وَلاَ تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَهُمْ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَهُمْ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُوا بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ } الآيَةَ .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir kishining moli boʻlsa-yu, uning haqqini (zakotini) ado etmasa, qiyomat kuni u mol yalongʻoch boshli ilon holida boʻyniga tavq qilinadi; u ilondan qochadi, ilon esa uni taʼqib qiladi», dedilar. Soʻng buning tasdigʻini Alloh azza va jallaning Kitobidan tilovat qildilar: {Alloh Oʻz fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni oʻzlari uchun yaxshi deb oʻylamasinlar. Yoʻq, u ular uchun yomondir. Ular baxillik qilgan narsalari qiyomat kuni boʻyinlariga tavq qilinur} — oyat.