أَخْبَرَنَا الْفَضْلُ بْنُ سَهْلٍ، قَالَ حَدَّثَنَا حَسَنُ بْنُ مُوسَى الأَشْيَبُ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ الْمَدَنِيُّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ آتَاهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ مَالاً فَلَمْ يُؤَدِّ زَكَاتَهُ مُثِّلَ لَهُ مَالُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ شُجَاعًا أَقْرَعَ لَهُ زَبِيبَتَانِ يَأْخُذُ بِلِهْزِمَتَيْهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَيَقُولُ أَنَا مَالُكَ أَنَا كَنْزُكَ " . ثُمَّ تَلاَ هَذِهِ الآيَةَ { وَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ } الآيَةَ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Alloh azza va jalla kimga mol bergan boʻlsa-yu, u uning zakotini ado etmasa, qiyomat kunida moli boshi taqir, koʻzi ustida ikkita nuqtasi bor ilon shaklida namoyon boʻladi. U qiyomat kunida uning jagʻ ikki chetidan ushlab: ‹Men sening molingman, men sening xazinangman›, deydi», dedilar. Soʻng bu oyatni tilovat qildilar: {Alloh oʻz fazlidan bergan narsani baxillik bilan berkitganlar buni oʻzlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar} (Oli Imron 180).