أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي سَعِيدٌ، وَعُرْوَةُ، سَمِعَا حَكِيمَ بْنَ حِزَامٍ، يَقُولُ سَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ قَالَ " إِنَّ هَذَا الْمَالَ خَضِرَةٌ حُلْوَةٌ فَمَنْ أَخَذَهُ بِطِيبِ نَفْسٍ بُورِكَ لَهُ فِيهِ وَمَنْ أَخَذَهُ بِإِشْرَافِ نَفْسٍ لَمْ يُبَارَكْ لَهُ فِيهِ وَكَانَ كَالَّذِي يَأْكُلُ وَلاَ يَشْبَعُ وَالْيَدُ الْعُلْيَا خَيْرٌ مِنَ الْيَدِ السُّفْلَى " .
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺdan soʻradim, u zot menga berdilar. Soʻng yana soʻradim, yana berdilar. Soʻng yana soʻradim, yana berdilar. Keyin u zot: «Albatta bu mol koʻkarib turgan shirin narsadir. Kim uni koʻngil xotirjamligi bilan olsa, unga barakali qilinur. Kim uni ochkoʻzlik bilan olsa, unga barakali qilinmaydi va u xuddi yeb-yeb toʻymaydigan kishiga oʻxshab qolur. Yuqori qoʻl pastki qoʻldan yaxshiroqdir», dedilar.