أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، عَنْ مُحَمَّدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ الْمُدْرِكِ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ بْنِ عَمْرِو بْنِ جَرِيرٍ، عَنْ خَرَشَةَ بْنِ الْحُرِّ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " ثَلاَثَةٌ لاَ يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلاَ يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ وَلاَ يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ " . فَقَرَأَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ أَبُو ذَرٍّ خَابُوا وَخَسِرُوا خَابُوا وَخَسِرُوا . قَالَ " الْمُسْبِلُ إِزَارَهُ وَالْمُنَفِّقُ سِلْعَتَهُ بِالْحَلِفِ الْكَاذِبِ وَالْمَنَّانُ عَطَاءَهُ " .
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Uch toifa kishi bilan Alloh azza va jalla qiyomat kuni gaplashmaydi, ularga nazar solmaydi va ularni poklamaydi, ularga alamli azob boʻladi», dedilar. Rasululloh ﷺ buni takror oʻqidilar. Shunda Abu Zar: «Ular ziyon koʻrdilar va yutqazdilar, ziyon koʻrdilar va yutqazdilar», dedi. U zot: «Izorini toʻpigʻidan pastga tushirib suzuvchi kishi, molini yolgʻon qasam bilan oʻtkazuvchi sotuvchi va bergan narsasini minnat qiluvchi kishi», dedilar.