أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي الرِّجَالِ، عَنْ عُمَارَةَ بْنِ غَزِيَّةَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَرَّحَتْنِي أُمِّي إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَتَيْتُهُ وَقَعَدْتُ فَاسْتَقْبَلَنِي وَقَالَ " مَنِ اسْتَغْنَى أَغْنَاهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ وَمَنِ اسْتَعَفَّ أَعَفَّهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ وَمَنِ اسْتَكْفَى كَفَاهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ وَمَنْ سَأَلَ وَلَهُ قِيمَةُ أُوقِيَّةٍ فَقَدْ أَلْحَفَ " . فَقُلْتُ نَاقَتِي الْيَاقُوتَةُ خَيْرٌ مِنْ أُوقِيَّةٍ فَرَجَعْتُ وَلَمْ أَسْأَلْهُ .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Onam meni Rasululloh ﷺning oldilariga yubordi. Men u zotning oldilariga kelib oʻtirdim. U zot menga yuzlanib: «Kim beniyoz boʻlishni istasa, Alloh azza va jalla uni beniyoz qiladi; kim iffatli boʻlishni istasa, Alloh azza va jalla uni iffatli qiladi; kim kifoyaga erishishni istasa, Alloh azza va jalla unga kifoya qiladi; kim bir uqiya qiymatidagi narsasi boʻla turib soʻrasa, u qattiq turib soʻragan boʻladi», dedilar. Shunda men: «Yoqutamsi tuyam bir uqiyadan yaxshiroq», dedim-da, u zotdan soʻramay qaytdim.