أَخْبَرَنَا عَبْدُ الْجَبَّارِ بْنُ الْعَلاَءِ بْنِ عَبْدِ الْجَبَّارِ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ، عَنْ حَكِيمِ بْنِ حِزَامٍ، قَالَ سَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَأَعْطَانِي فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَا حَكِيمُ إِنَّ هَذَا الْمَالَ خَضِرَةٌ حُلْوَةٌ فَمَنْ أَخَذَهُ بِطِيبِ نَفْسٍ بُورِكَ لَهُ فِيهِ وَمَنْ أَخَذَهُ بِإِشْرَافِ نَفْسٍ لَمْ يُبَارَكْ لَهُ فِيهِ وَكَانَ كَالَّذِي يَأْكُلُ وَلاَ يَشْبَعُ وَالْيَدُ الْعُلْيَا خَيْرٌ مِنَ الْيَدِ السُّفْلَى " .
Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺdan soʻradim, u zot menga berdilar; soʻng yana soʻradim, yana berdilar; soʻng yana soʻradim, yana berdilar. Keyin Rasululloh ﷺ: «Ey Hakim, bu mol yashil, shirin (koʻzga chiroyli va yoqimli) narsadir. Kim uni koʻngil xushligi bilan olsa, unga barakali boʻladi; kim uni nafs ochkoʻzligi bilan olsa, unga barakasiz boʻladi va u yeb-yeb toʻymaydigan kishiga oʻxshaydi. Yuqori qoʻl quyi qoʻldan yaxshiroqdir», dedilar.