أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلَمَةَ، وَالْحَارِثُ بْنُ مِسْكِينٍ، قِرَاءَةً عَلَيْهِ وَأَنَا أَسْمَعُ، عَنِ ابْنِ الْقَاسِمِ، قَالَ حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَمِعْتُ عُمَرَ، يَقُولُ حَمَلْتُ عَلَى فَرَسٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَأَضَاعَهُ الَّذِي كَانَ عِنْدَهُ وَأَرَدْتُ أَنْ أَبْتَاعَهُ مِنْهُ وَظَنَنْتُ أَنَّهُ بَائِعُهُ بِرُخْصٍ فَسَأَلْتُ عَنْ ذَلِكَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " لاَ تَشْتَرِهِ وَإِنْ أَعْطَاكَهُ بِدِرْهَمٍ فَإِنَّ الْعَائِدَ فِي صَدَقَتِهِ كَالْكَلْبِ يَعُودُ فِي قَيْئِهِ " .
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Alloh azza va jalla yoʻlida (minish uchun) bir otni sadaqa qildim. Uni olgan kishi otni nobud qildi (parvarish qilmadi). Men uni oʻsha kishidan qaytarib sotib olmoqchi boʻldim va uni arzon sotadi deb oʻyladim. Bu haqda Rasululloh ﷺdan soʻradim. U zot: ‹Uni sotib olma, garchi u senga bir dirhamga bersa ham. Chunki oʻz sadaqasini qaytarib oluvchi qusgan narsasiga qaytadigan itga oʻxshaydi›, dedilar».