أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ يُوسُفَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ مِنْ خَثْعَمَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ إِنَّ أَبِي شَيْخٌ كَبِيرٌ لاَ يَسْتَطِيعُ الرُّكُوبَ وَأَدْرَكَتْهُ فَرِيضَةُ اللَّهِ فِي الْحَجِّ فَهَلْ يُجْزِئُ أَنْ أَحُجَّ عَنْهُ قَالَ " آنْتَ أَكْبَرُ وَلَدِهِ " . قَالَ نَعَمْ . قَالَ " أَرَأَيْتَ لَوْ كَانَ عَلَيْهِ دَيْنٌ أَكُنْتَ تَقْضِيهِ " . قَالَ نَعَمْ . قَالَ " فَحُجَّ عَنْهُ " .
Abdulloh ibn az-Zubayr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Xasʼam qabilasidan bir kishi Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Otam ulgʻayib qolgan, minishga qodir boʻlmaydigan chol boʻlib qoldi, unga Allohning haj farzi ham yetib keldi. Men uning oʻrniga haj qilsam, kifoya boʻladimi?» dedi. U zot: «Sen uning eng katta farzandimisan?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Aytchi, agar uning zimmasida qarz boʻlsa, uni toʻlarmiding?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Bas, uning oʻrniga haj qil», dedilar.