أَخْبَرَنَا عَبْدَةُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُوَيْدٌ، - وَهُوَ ابْنُ عَمْرٍو الْكَلْبِيُّ - عَنْ زُهَيْرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا بَيَانٌ، أَنَّ وَبَرَةَ، حَدَّثَهُ قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، وَسَأَلَهُ، رَجُلٌ أَطُوفُ بِالْبَيْتِ وَقَدْ أَحْرَمْتُ بِالْحَجِّ قَالَ وَمَا يَمْنَعُكَ قَالَ رَأَيْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ يَنْهَى عَنْ ذَلِكَ وَأَنْتَ أَعْجَبُ إِلَيْنَا مِنْهُ . قَالَ رَأَيْنَا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَحْرَمَ بِالْحَجِّ فَطَافَ بِالْبَيْتِ وَسَعَى بَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi undan: «Men hajga ihrom bogʻlaganman, Baytni tavof qilsam boʻladimi?» deb soʻradi. U: «Seni nima toʻsib turibdi?» dedi. Haligi kishi: «Men Abdulloh ibn Abbosning bundan qaytarayotganini koʻrgandim, sen esa bizga undan koʻra maʼqulroqsan», dedi. U: «Biz Rasululloh ﷺ hajga ihrom bogʻlab, soʻng Baytni tavof qilib, Safo bilan Marva orasida saʼy qilganlarini koʻrganmiz», dedi.