أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ، عَنْ مُوسَى بْنِ عُقْبَةَ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا طَافَ فِي الْحَجِّ وَالْعُمْرَةِ أَوَّلَ مَا يَقْدَمُ فَإِنَّهُ يَسْعَى ثَلاَثَةَ أَطْوَافٍ وَيَمْشِي أَرْبَعًا ثُمَّ يُصَلِّي سَجْدَتَيْنِ ثُمَّ يَطُوفُ بَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ haj va umrada Makkaga kelgan dastlabki paytda tavof qilganlarida, uch aylanishda tez yugurib yurar, toʻrt aylanishda esa oddiy yurar edilar. Soʻng ikki rakat namoz oʻqir, keyin Safo va Marva oʻrtasida saʼy qilar edilar.