أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى عَائِشَةَ { فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا } قُلْتُ مَا أُبَالِي أَنْ لاَ أَطُوفَ بَيْنَهُمَا . فَقَالَتْ بِئْسَمَا قُلْتَ إِنَّمَا كَانَ نَاسٌ مِنْ أَهْلِ الْجَاهِلِيَّةِ لاَ يَطُوفُونَ بَيْنَهُمَا فَلَمَّا كَانَ الإِسْلاَمُ وَنَزَلَ الْقُرْآنُ { إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ } الآيَةَ فَطَافَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَطُفْنَا مَعَهُ فَكَانَتْ سُنَّةً .
Urva (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Oisha (roziyallohu anho)ga: {Bas, ikkovini (Safo va Marvani) tavof qilishida unga gunoh yoʻq} (Baqara 158) oyatini oʻqib berib: «Men ikkovi orasida tavof qilmasam ham parvo qilmayman», dedim. Shunda u: «Sen naqadar yomon gap aytding! Johiliyat ahlidan baʼzi kishilar ikkovi orasida tavof qilmas edilar. Islom kelib, Qurʼondan: {Albatta Safo va Marva Allohning (dini) belgilaridandir} degan oyat nozil boʻlganda, Rasululloh ﷺ tavof qildilar, biz ham u zot bilan birga tavof qildik, shundan buyon u sunnat boʻldi», dedi.