أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ أَنْبَأَنَا جَعْفَرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَابِرٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَهَبَ إِلَى الصَّفَا فَرَقِيَ عَلَيْهَا حَتَّى بَدَا لَهُ الْبَيْتُ ثُمَّ وَحَّدَ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ وَكَبَّرَهُ وَقَالَ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ " . ثُمَّ مَشَى حَتَّى إِذَا انْصَبَّتْ قَدَمَاهُ سَعَى حَتَّى إِذَا صَعِدَتْ قَدَمَاهُ مَشَى حَتَّى أَتَى الْمَرْوَةَ فَفَعَلَ عَلَيْهَا كَمَا فَعَلَ عَلَى الصَّفَا حَتَّى قَضَى طَوَافَهُ .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Safoga bordilar va unga chiqdilar. Toki ularga Baytulloh koʻringunicha (chiqdilar). Soʻng Alloh azza va jallani birlab yodga oldilar va takbir aytib: «Lo ilaha illalloh, vahdahu lo sharika lah, lahulmulku va lahulhamdu, yuhyi va yumitu, va huva alo kulli shayin qodir», dedilar. Soʻng yurdilar, qachonki qadamlari (vodiyga) tushganida yugurdilar (saʼy qildilar), qadamlari balandlikka koʻtarilganida esa yurdilar. Toki Marvaga yetib keldilar va Safoda qilganlaridek unda ham qildilar, shu tariqa tavoflarini ado etdilar.