أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ إِسْمَاعِيلَ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَامِرٌ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ مُضَرِّسٍ الطَّائِيُّ، قَالَ أَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ أَتَيْتُكَ مِنْ جَبَلَىْ طَيِّئٍ أَكْلَلْتُ مَطِيَّتِي وَأَتْعَبْتُ نَفْسِي مَا بَقِيَ مِنْ حَبْلٍ إِلاَّ وَقَفْتُ عَلَيْهِ فَهَلْ لِي مِنْ حَجٍّ فَقَالَ " مَنْ صَلَّى صَلاَةَ الْغَدَاةِ هَا هُنَا مَعَنَا وَقَدْ أَتَى عَرَفَةَ قَبْلَ ذَلِكَ فَقَدْ قَضَى تَفَثَهُ وَتَمَّ حَجُّهُ " .
Urva ibn Muzarris (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ huzurlariga keldim va: «Sizning oldingizga Toy tepaliklaridan keldim, ulovimni horitdim, oʻzimni charchatdim, ustida turmagan biror tepalik qolmadi, menga haj boʻladimi?» dedim. U zot: «Kimki mana shu bomdod namozini shu joyda biz bilan oʻqisa va bundan oldin Arafaga kelgan boʻlsa, u oʻz vazifasini ado etibdi va uning haji tamom boʻlibdi», dedilar.