أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ أَبِي الْخَيْرِ، عَنْ أَبِي الْخَطَّابِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ تَبُوكَ يَخْطُبُ النَّاسَ وَهُوَ مُسْنِدٌ ظَهْرَهُ إِلَى رَاحِلَتِهِ فَقَالَ " أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِخَيْرِ النَّاسِ وَشَرِّ النَّاسِ إِنَّ مِنْ خَيْرِ النَّاسِ رَجُلاً عَمِلَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَلَى ظَهْرِ فَرَسِهِ أَوْ عَلَى ظَهْرِ بَعِيرِهِ أَوْ عَلَى قَدَمِهِ حَتَّى يَأْتِيَهُ الْمَوْتُ وَإِنَّ مِنْ شَرِّ النَّاسِ رَجُلاً فَاجِرًا يَقْرَأُ كِتَابَ اللَّهِ لاَ يَرْعَوِي إِلَى شَىْءٍ مِنْهُ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Tabuk yili Rasululloh ﷺ ulovlariga suyanib turib, odamlarga xutba qilar edilar. U zot: «Sizlarga odamlarning eng yaxshisi va eng yomoni haqida xabar bermaymi? Odamlarning eng yaxshilaridan biri — Alloh yoʻlida oti ustida yoki tuyasi ustida yoki oyogʻida, oʻziga oʻlim kelguncha mehnat qilgan kishidir. Odamlarning eng yomonlaridan biri esa — Alloh kitobini oʻqiydi-yu, undan hech narsaga qaytmaydigan fojir kishidir», dedilar.