أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، قَالَ حَدَّثَنِي أَيُّوبُ بْنُ مُوسَى، عَنْ مَكْحُولٍ، عَنْ شُرَحْبِيلَ بْنِ السِّمْطِ، عَنْ سَلْمَانَ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ رَابَطَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ يَوْمًا وَلَيْلَةً كَانَتْ لَهُ كَصِيَامِ شَهْرٍ وَقِيَامِهِ فَإِنْ مَاتَ جَرَى عَلَيْهِ عَمَلُهُ الَّذِي كَانَ يَعْمَلُ وَأَمِنَ الْفَتَّانَ وَأُجْرِيَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ " .
Salmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ: «Kim Alloh yoʻlida bir kecha-kunduz saf saqlab qorovullik (ribot) qilsa, unga bir oy roʻza tutgan va uni ibodat bilan bedor oʻtkazgan kishining ajriday ajr boʻladi. Agar u vafot etsa, qilib yurgan ameli davom ettiriladi, u fitnachi(sinovchi)lardan omon boʻladi va rizqi ham davom ettiriladi», deganlarini eshitdim.