أَخْبَرَنِي هَارُونُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنَا حَرَمِيُّ بْنُ عُمَارَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ مَرْثَدٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " حُرْمَةُ نِسَاءِ الْمُجَاهِدِينَ عَلَى الْقَاعِدِينَ كَحُرْمَةِ أُمَّهَاتِهِمْ وَإِذَا خَلَفَهُ فِي أَهْلِهِ فَخَانَهُ قِيلَ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ هَذَا خَانَكَ فِي أَهْلِكَ فَخُذْ مِنْ حَسَنَاتِهِ مَا شِئْتَ فَمَا ظَنُّكُمْ " .
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mujohidlarning ayollarining (uyda) qolganlar uchun hurmati xuddi ularning onalarining hurmatidek muqaddasdir. Agar biror kishi (mujohid)ning ahliga qarab turishni oʻz zimmasiga olib, keyin unga xiyonat qilsa, qiyomat kunida unga: ‹Bu kishi ahling xususida senga xiyonat qildi, endi uning yaxshiliklaridan xohlaganingni ol!› deyiladi. Endi nima deb oʻylaysizlar?» dedilar.