أَخْبَرَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَرْبٍ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، قَالَ كُنْتُ أَمْشِي مَعَ عَبْدِ اللَّهِ بِمِنًى فَلَقِيَهُ عُثْمَانُ فَقَامَ مَعَهُ يُحَدِّثُهُ فَقَالَ يَا أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ أَلاَ أُزَوِّجُكَ جَارِيَةً شَابَّةً فَلَعَلَّهَا أَنْ تُذَكِّرَكَ بَعْضَ مَا مَضَى مِنْكَ فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ أَمَا لَئِنْ قُلْتَ ذَاكَ لَقَدْ قَالَ لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ " .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Alqama aytadi: Men Minoda Abdulloh (ibn Masʼud) bilan birga yurar edim. Unga Usmon (roziyallohu anhu) duch keldi va u bilan gaplashib turdi. U: «Ey Abu Abdurrahmon! Senga bir yosh kaniz olib bermaymi? Ehtimol, u senga oʻtib ketgan yoshligingning baʼzi narsalarini eslatib qoʻyar», dedi. Abdulloh: «Sen shuni aytar ekansan, bizga Rasululloh ﷺ: ‹Ey yigitlar jamoasi! Sizlardan kimning uylanishga qurbi yetsa, uylansin›, degan edilar», dedi.