أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ خَالِدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، قَالَ أَنْبَأَنَا الْمُسْتَلِمُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ مَنْصُورِ بْنِ زَاذَانَ، عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ قُرَّةَ، عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ إِنِّي أَصَبْتُ امْرَأَةً ذَاتَ حَسَبٍ وَمَنْصِبٍ إِلاَّ أَنَّهَا لاَ تَلِدُ أَفَأَتَزَوَّجُهَا فَنَهَاهُ ثُمَّ أَتَاهُ الثَّانِيَةَ فَنَهَاهُ ثُمَّ أَتَاهُ الثَّالِثَةَ فَنَهَاهُ فَقَالَ " تَزَوَّجُوا الْوَلُودَ الْوَدُودَ فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمْ " .
Maʼqil ibn Yasor (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Men obroʻ-eʼtiborli, martabali bir ayolni topdim, biroq u tugʻmaydi. Unga uylanaymi?» dedi. U zot uni qaytardilar. Soʻng ikkinchi marta keldi, u zot yana qaytardilar. Soʻng uchinchi marta keldi, u zot yana qaytardilar va: «Sertugʻar, mehribon ayolga uylaninglar, chunki men siz bilan koʻpligimdan faxrlanaman», dedilar.