أَخْبَرَنَا زِيَادُ بْنُ أَيُّوبَ، قَالَ حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ غُرَابٍ، قَالَ حَدَّثَنَا كَهْمَسُ بْنُ الْحَسَنِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ فَتَاةً، دَخَلَتْ عَلَيْهَا فَقَالَتْ إِنَّ أَبِي زَوَّجَنِي ابْنَ أَخِيهِ لِيَرْفَعَ بِي خَسِيسَتَهُ وَأَنَا كَارِهَةٌ . قَالَتِ اجْلِسِي حَتَّى يَأْتِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَجَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَتْهُ فَأَرْسَلَ إِلَى أَبِيهَا فَدَعَاهُ فَجَعَلَ الأَمْرَ إِلَيْهَا فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَدْ أَجَزْتُ مَا صَنَعَ أَبِي وَلَكِنْ أَرَدْتُ أَنْ أَعْلَمَ أَلِلنِّسَاءِ مِنَ الأَمْرِ شَىْءٌ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Uning huzuriga bir qiz kirib: «Otam meni oʻz jiyaniga, oʻzining pastligini men bilan koʻtarish uchun turmushga berdi, men esa buni yoqtirmayman», dedi. U (Oisha): «Nabiy ﷺ kelgunlaricha oʻtirib tur», dedi. Rasululloh ﷺ kelganlarida, u (buni) xabar qildi. U zot uning otasini chaqirib, ishni uning oʻziga havola qildilar. Shunda u: «Ey Allohning Rasuli, men otam qilgan ishga rozi boʻldim, biroq ayollarga bu ishda biror narsa (haq) bor-yoʻqligini bilmoqchi edim», dedi.