أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مُوسَى، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ تَزَوَّجَ أَبُو طَلْحَةَ أُمَّ سُلَيْمٍ فَكَانَ صَدَاقُ مَا بَيْنَهُمَا الإِسْلاَمَ أَسْلَمَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ قَبْلَ أَبِي طَلْحَةَ فَخَطَبَهَا فَقَالَتْ إِنِّي قَدْ أَسْلَمْتُ فَإِنْ أَسْلَمْتَ نَكَحْتُكَ . فَأَسْلَمَ فَكَانَ صَدَاقَ مَا بَيْنَهُمَا .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Talha Ummu Sulaymga uylandi, ular oʻrtasidagi mahr Islom boʻldi. Ummu Sulaym Abu Talhadan oldin musulmon boʻlgan edi. U ayolga sovchi qoʻyganida, ayol: «Men musulmon boʻlganman, agar sen ham musulmon boʻlsang, senga tegaman», dedi. Bas, u musulmon boʻldi va shu ular oʻrtasidagi mahr boʻldi.