أَخْبَرَنَا أَحْمَدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، قَالَ حَدَّثَنَا يَزِيدُ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّهُ أُتِيَ فِي امْرَأَةٍ تَزَوَّجَهَا رَجُلٌ فَمَاتَ عَنْهَا وَلَمْ يَفْرِضْ لَهَا صَدَاقًا وَلَمْ يَدْخُلْ بِهَا فَاخْتَلَفُوا إِلَيْهِ قَرِيبًا مِنْ شَهْرٍ لاَ يُفْتِيهِمْ ثُمَّ قَالَ أَرَى لَهَا صَدَاقَ نِسَائِهَا لاَ وَكْسَ وَلاَ شَطَطَ وَلَهَا الْمِيرَاثُ وَعَلَيْهَا الْعِدَّةُ . فَشَهِدَ مَعْقِلُ بْنُ سِنَانٍ الأَشْجَعِيُّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَضَى فِي بِرْوَعَ بِنْتِ وَاشِقٍ بِمِثْلِ مَا قَضَيْتَ .
Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, uning oldiga bir erkak uylangan, keyin unga mahr belgilamasdan va u bilan qoʻshilmasdan turib vafot etgan ayol (masalasi) keltirildi. Bir oyga yaqin uning oldiga qatnashdi, u esa ularga fatvo bermadi. Soʻng: «Menimcha, unga oʻz tengdoshlaridek mahr beriladi, kam ham, koʻp ham emas, unga meros ham bor va u idda saqlaydi», dedi. Shunda Maʼqil ibn Sinon al-Ashjaʼiy: «Rasululloh ﷺ Barvaʼ binti Voshiq haqida sen hukm qilganingdek hukm qilgan edilar», deb guvohlik berdi.