أَخْبَرَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ عُلَيَّةَ، عَنْ يُونُسَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، عَنْ يُونُسَ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ قُلْتُ لاِبْنِ عُمَرَ رَجُلٌ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَقَالَ أَتَعْرِفُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ فَإِنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَأَتَى عُمَرُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَسْأَلُهُ فَأَمَرَهُ أَنْ يُرَاجِعَهَا ثُمَّ يَسْتَقْبِلَ عِدَّتَهَا قُلْتُ لَهُ إِذَا طَلَّقَ الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ أَيَعْتَدُّ بِتِلْكَ التَّطْلِيقَةِ فَقَالَ مَهْ وَإِنْ عَجَزَ وَاسْتَحْمَقَ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ga: «Bir kishi xotinini hayz koʻrayotgan paytida taloq qildi», deyilganda, u shunday dedi: «Abdulloh ibn Umarni tanaysanmi? U xotinini hayz koʻrayotgan paytida taloq qilgan edi. Shunda Umar Nabiy ﷺ oldiga kelib, soʻradi, u zot ﷺ uni xotinini qaytarib olishga, soʻng iddasini yangidan boshlashga buyurdilar». Men unga: «Kishi xotinini hayz koʻrayotgan paytida taloq qilsa, oʻsha taloq hisobga olinadimi?» dedim. U: «Toʻxta! Garchi u ojizlik qilib, ahmoqona ish tutgan boʻlsa ham», dedi.