أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرٍو، قَالَ سَمِعْتُ سَعِيدَ بْنَ جُبَيْرٍ، يَقُولُ سَأَلْتُ ابْنَ عُمَرَ عَنِ الْمُتَلاَعِنَيْنِ، فَقَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِلْمُتَلاَعِنَيْنِ " حِسَابُكُمَا عَلَى اللَّهِ أَحَدُكُمَا كَاذِبٌ وَلاَ سَبِيلَ لَكَ عَلَيْهَا " . قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَالِي قَالَ " لاَ مَالَ لَكَ إِنْ كُنْتَ صَدَقْتَ عَلَيْهَا فَهُوَ بِمَا اسْتَحْلَلْتَ مِنْ فَرْجِهَا وَإِنْ كُنْتَ كَذَبْتَ عَلَيْهَا فَذَاكَ أَبْعَدُ لَكَ " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u kishidan liʼon qilishgan er-xotin haqida soʻralganda, shunday dedi: «Rasululloh ﷺ liʼon qilishgan er-xotinga: ‹Hisob-kitobingiz Allohning zimmasidadir. Ikkovingizdan biri yolgʻonchidir. Endi sening unga yoʻling yoʻq›, dedilar. U: ‹Yo Rasululloh, mening molim-chi?› dedi. U zot ﷺ: ‹Senga mol yoʻq. Agar u haqda rost gapirgan boʻlsang, u (mol) sen uning avratini halol sanaganingga (evaz boʻldi), agar u haqda yolgʻon gapirgan boʻlsang, u sendan yanada uzoqdir›, dedilar».