أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ حَبِيبِ بْنِ عَرَبِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ، عَنْ زَيْنَبَ، أَنَّ امْرَأَةً، سَأَلَتْ أُمَّ سَلَمَةَ وَأُمَّ حَبِيبَةَ أَتَكْتَحِلُ فِي عِدَّتِهَا مِنْ وَفَاةِ زَوْجِهَا فَقَالَتْ أَتَتِ امْرَأَةٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَسَأَلَتْهُ عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ " قَدْ كَانَتْ إِحْدَاكُنَّ فِي الْجَاهِلِيَّةِ إِذَا تُوُفِّيَ عَنْهَا زَوْجُهَا أَقَامَتْ سَنَةً ثُمَّ قَذَفَتْ خَلْفَهَا بِبَعْرَةٍ ثُمَّ خَرَجَتْ وَإِنَّمَا هِيَ أَرْبَعَةُ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا حَتَّى يَنْقَضِيَ الأَجَلُ " .
Zaynab (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Ummu Salama va Ummu Habiba (roziyallohu anhumo)dan eri vafot etganidan soʻng iddasi paytida surma qoʻysa boʻladimi, deb soʻradi. U: «Bir ayol Nabiy ﷺ huzurlariga kelib, u zotdan bu haqda soʻradi. Shunda u zot: ‹Sizlardan biringiz johiliyat davrida eri vafot etsa, bir yil (motam tutib) turar, soʻng orqasidan tezak otar, keyin (tashqariga) chiqar edi. Aslida esa u toʻrt oyu oʻn kundir, muddat tugaguncha›, dedilar», dedi.