أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا إِسْمَاعِيلُ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ كَانَ ابْنُ عُمَرَ إِذَا سُئِلَ عَنِ الرَّجُلِ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَيَقُولُ أَمَّا إِنْ طَلَّقَهَا وَاحِدَةً أَوِ اثْنَتَيْنِ فَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَمَرَهُ أَنْ يُرَاجِعَهَا ثُمَّ يُمْسِكَهَا حَتَّى تَحِيضَ حَيْضَةً أُخْرَى ثُمَّ تَطْهُرَ ثُمَّ يُطَلِّقَهَا قَبْلَ أَنْ يَمَسَّهَا وَأَمَّا إِنْ طَلَّقَهَا ثَلاَثًا فَقَدْ عَصَيْتَ اللَّهَ فِيمَا أَمَرَكَ بِهِ مِنْ طَلاَقِ امْرَأَتِكَ وَبَانَتْ مِنْكَ امْرَأَتُكَ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan xotinini hayz koʻrib turgan paytida taloq qilgan kishi haqida soʻralganda, u shunday der edi: «Agar uni bir yoki ikki taloq qilgan boʻlsa, Rasululloh ﷺ unga xotinini qaytarib olishni, soʻng uni yana bir marta hayz koʻrib, keyin pok boʻlguncha ushlab turishni, soʻng unga yaqinlik qilmasidan avval taloq qilishni buyurganlar. Ammo uni uch taloq qilgan boʻlsa, xotiningni taloq qilish borasida Alloh senga buyurgan narsada Allohga osiylik qilibsan va xotining sendan ajralib ketibdi».