أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، قَالَ ابْنُ جُرَيْجٍ أَخْبَرَنِيهِ ابْنُ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ سَمِعَ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، يُسْأَلُ عَنْ رَجُلٍ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ حَائِضًا فَقَالَ أَتَعْرِفُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ قَالَ نَعَمْ . قَالَ فَإِنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ حَائِضًا فَأَتَى عُمَرُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَهُ الْخَبَرَ فَأَمَرَهُ أَنْ يُرَاجِعَهَا حَتَّى تَطْهُرَ . وَلَمْ أَسْمَعْهُ يَزِيدُ عَلَى هَذَا .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan xotinini hayz koʻrib turgan paytida taloq qilgan kishi haqida soʻralganda, u: «Sen Abdulloh ibn Umarni tanaysanmi?» dedi. Soʻrovchi: «Ha», dedi. U: «Darhaqiqat, u xotinini hayz koʻrib turgan paytida taloq qilgan edi. Shunda Umar Paygʻambar ﷺ huzurlariga borib, u zotga xabar berdi. U zot esa unga, xotini pok boʻlguncha uni qaytarib olishni buyurdilar», dedi.