أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَنْصُورٍ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ مَنْبُوذٍ، عَنْ أُمِّهِ، أَنَّ مَيْمُونَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَضَعُ رَأْسَهُ فِي حِجْرِ إِحْدَانَا فَيَتْلُو الْقُرْآنَ وَهِيَ حَائِضٌ وَتَقُومُ إِحْدَانَا بِخُمْرَتِهِ إِلَى الْمَسْجِدِ فَتَبْسُطُهَا وَهِيَ حَائِضٌ .
Maymuna (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ boshlarini bizdan birimizning bagʻrimizga qoʻyib, u hayzda boʻlsa ham Qurʼon tilovat qilar edilar. Bizdan birimiz hayzda boʻlsa ham u zotning joynamozini masjidga olib borib yozar edi», dedi.