أَخْبَرَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَرْبٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ عُمَارَةَ، عَنْ أَبِي زُرْعَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَىُّ الصَّدَقَةِ أَعْظَمُ أَجْرًا قَالَ " أَنْ تَصَدَّقَ وَأَنْتَ صَحِيحٌ شَحِيحٌ تَخْشَى الْفَقْرَ وَتَأْمُلُ الْبَقَاءَ وَلاَ تُمْهِلْ حَتَّى إِذَا بَلَغَتِ الْحُلْقُومَ قُلْتَ لِفُلاَنٍ كَذَا وَقَدْ كَانَ لِفُلاَنٍ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, qaysi sadaqaning ajri kattaroq?» dedi. U zot: «Sogʻ-salomat, ochkoʻz, kambagʻallikdan qoʻrqib, uzoq umr koʻrishni umid qilib turgan holingda sadaqa qilishingdir. (Joning) halqumga yetganda: ‹Falonchiga buncha, falonchiga buncha› deb ayta boshlaguningcha kechiktirmagin — axir u endi falonchiniki boʻlib qolgan-ku», dedilar.