أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْوَلِيدِ الْفَحَّامُ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رَبِيعَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَتَى سَعْدًا يَعُودُهُ فَقَالَ لَهُ سَعْدٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أُوصِي بِثُلُثَىْ مَالِي قَالَ " لاَ ". قَالَ فَأُوصِي بِالنِّصْفِ قَالَ " لاَ ". قَالَ فَأُوصِي بِالثُّلُثِ قَالَ " نَعَمِ الثُّلُثَ وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ أَوْ كَبِيرٌ إِنَّكَ أَنْ تَدَعَ وَرَثَتَكَ أَغْنِيَاءَ خَيْرٌ مِنْ أَنْ تَدَعَهُمْ فُقَرَاءَ يَتَكَفَّفُونَ ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Saʼdni koʻrgani keldilar. Saʼd u zotga: «Ey Rasululloh, molimning uchdan ikkisini vasiyat qilaymi?» dedi. U zot: «Yoʻq», dedilar. U: «Yarmini vasiyat qilaymi?» dedi. U zot: «Yoʻq», dedilar. U: «Uchdan birini vasiyat qilaymi?» dedi. U zot: «Ha, uchdan birini, uchdan biri esa koʻp yoki kattadir. Merosxoʻrlaringni boy qoldirishing, ularni odamlarga qoʻl choʻzadigan kambagʻal qilib qoldirishingdan koʻra yaxshiroqdir», dedilar.