أَخْبَرَنَا يُوسُفُ بْنُ عِيسَى، قَالَ حَدَّثَنَا الْفَضْلُ بْنُ مُوسَى، قَالَ حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ، عَنْ مَعْبَدِ بْنِ خَالِدٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ قُتَيْلَةَ، - امْرَأَةٌ مِنْ جُهَيْنَةَ - أَنَّ يَهُودِيًّا، أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ إِنَّكُمْ تُنَدِّدُونَ وَإِنَّكُمْ تُشْرِكُونَ تَقُولُونَ مَا شَاءَ اللَّهُ وَشِئْتَ وَتَقُولُونَ وَالْكَعْبَةِ . فَأَمَرَهُمُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَرَادُوا أَنْ يَحْلِفُوا أَنْ يَقُولُوا " وَرَبِّ الْكَعْبَةِ " . وَيَقُولُونَ " مَا شَاءَ اللَّهُ ثُمَّ شِئْتَ " .
Qutayla (roziyallohu anho) — Juhayna qabilasidan boʻlgan bir ayol — rivoyat qiladi: Bir yahudiy Paygʻambar ﷺ ning huzuriga kelib: «Sizlar Allohga tenglashtiryapsizlar va shirk keltiryapsizlar. ‹Alloh xohlagan va sen xohlagan narsa boʻldi›, deysizlar hamda ‹Kaʼba bilan qasamki›, deysizlar», dedi. Shunda Paygʻambar ﷺ ularga, qasam ichmoqchi boʻlsalar, «Kaʼbaning Robbi bilan qasamki», deyishni va «Alloh xohlagan, soʻng sen xohlagan narsa boʻldi», deyishni buyurdilar.