أَخْبَرَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا مَخْلَدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ حَدَّثَنِي مُصْعَبُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ حَلَفْتُ بِاللاَّتِ وَالْعُزَّى فَقَالَ لِي أَصْحَابِي بِئْسَ مَا قُلْتَ قُلْتَ هُجْرًا . فَأَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ " قُلْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَانْفُثْ عَنْ يَسَارِكَ ثَلاَثًا وَتَعَوَّذْ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ ثُمَّ لاَ تَعُدْ " .
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Lot va Uzzo bilan qasam ichib qoʻydim. Shunda hamrohlarim menga: «Naqadar yomon soʻz aytding! Sen qabih soʻz aytding», dedilar. Men Rasululloh ﷺ ning oldilariga borib, buni u zotga aytdim. U zot: «‹Lo ilaha illalloh vahdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alo kulli shayin qadir› deb ayt, chap tomoningga uch marta puf-puflab tupur, Allohdan shayton yomonligidan panoh soʻra, soʻng bunday qilmagin», dedilar.