أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ قُدَامَةَ، قَالاَ حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي غَرَزَةَ، قَالَ كُنَّا بِالْمَدِينَةِ نَبِيعُ الأَوْسَاقَ وَنَبْتَاعُهَا وَكُنَّا نُسَمِّي أَنْفُسَنَا السَّمَاسِرَةَ وَيُسَمِّينَا النَّاسُ فَخَرَجَ إِلَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ يَوْمٍ فَسَمَّانَا بِاسْمٍ هُوَ خَيْرٌ مِنَ الَّذِي سَمَّيْنَا أَنْفُسَنَا وَسَمَّانَا النَّاسُ فَقَالَ " يَا مَعْشَرَ التُّجَّارِ إِنَّهُ يَشْهَدُ بَيْعَكُمُ الْحَلِفُ وَالْكَذِبُ فَشُوبُوهُ بِالصَّدَقَةِ " .
Qays ibn Abu Gʻaraza (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Madinada yuklarni sotib olar va sotardik, oʻzimizni samasira (dallollar) deb atardik, odamlar ham bizni shunday atardilar. Bir kuni Rasululloh ﷺ oldimizga chiqdilar va bizga, oʻzimiz oʻzimizni atagan hamda odamlar bizni atagan nomdan yaxshiroq bir nom qoʻydilar. Soʻng: «Ey tujjorlar (savdogarlar) jamoasi! Savdoyingizda qasam ichish va yolgʻon soʻzlash boʻlib turadi, shuning uchun uni sadaqa bilan aralashtiringlar», dedilar.