أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا حِبَّانُ، قَالَ أَنْبَأَنَا عَبْدُ اللَّهِ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قِرَاءَةً قَالَ قُلْتُ لِعَطَاءٍ عَبْدٌ أُؤَاجِرُهُ سَنَةً بِطَعَامِهِ وَسَنَةً أُخْرَى بِكَذَا وَكَذَا. قَالَ لاَ بَأْسَ بِهِ وَيُجْزِئُهُ اشْتِرَاطُكَ حِينَ تُؤَاجِرُهُ أَيَّامًا أَوْ آجَرْتَهُ وَقَدْ مَضَى بَعْضُ السَّنَةِ قَالَ إِنَّكَ لاَ تُحَاسِبُنِي لِمَا مَضَى.
Ibn Jurayj (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ato (rahimahulloh)ga: «Men bir qulni bir yilga taomiga, boshqa bir yilga esa muncha-muncha (haqqa) ijaraga bersam (qanday boʻladi)?» dedim. U: «Bunda hech qanday zarar yoʻq, uni bir necha kunga yollaganingda ham shart qoʻyishing kifoya (durust boʻladi)», dedi. «Yilning bir qismi oʻtib ketgach ijaraga bersam-chi?» dedim. U: «Sen mendan oʻtib ketgan (muddat) uchun hisob talab qilmaysan», dedi.