أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ الأَنْصَارِيُّ، قَالَ أَنْبَأَنَا حُمَيْدٌ، قَالَ سَأَلَ مَيْمُونُ بْنُ سِيَاهٍ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ قَالَ يَا أَبَا حَمْزَةَ مَا يُحَرِّمُ دَمَ الْمُسْلِمِ وَمَالَهُ فَقَالَ مَنْ شَهِدَ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ وَاسْتَقْبَلَ قِبْلَتَنَا وَصَلَّى صَلاَتَنَا وَأَكَلَ ذَبِيحَتَنَا فَهُوَ مُسْلِمٌ لَهُ مَا لِلْمُسْلِمِينَ وَعَلَيْهِ مَا عَلَى الْمُسْلِمِينَ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Undan: «Ey Abu Hamza, musulmonning qoni va molini nima harom qiladi?» deb soʻralganda, u: «Kimki Allohdan boshqa iloh yoʻqligiga va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik berib, qiblamizga yuzlansa, bizning namozimizday namoz oʻqisa va soʻygan hayvonlarimizni yesa, u musulmondir; musulmonlarga tegishli narsalar unga ham tegishli, musulmonlarning zimmasidagi narsalar uning zimmasida ham boʻladi», dedi.