أَخْبَرَنَا أَحْمَدُ بْنُ عَمْرِو بْنِ السَّرْحِ، قَالَ أَنْبَأَنَا ابْنُ وَهْبٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ عَجْلاَنَ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَمَّا قَطَّعَ الَّذِينَ سَرَقُوا لِقَاحَهُ وَسَمَلَ أَعْيُنَهُمْ بِالنَّارِ عَاتَبَهُ اللَّهُ فِي ذَلِكَ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى { إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ } الآيَةَ كُلَّهَا .
Abuz-Zinod (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ oʻzlarining sogʻin tuyalarini oʻgʻirlagan kishilarning qoʻl-oyoqlarini kestirib, koʻzlariga olov bilan mil tortganlarida, Alloh bu haqda ularga taʼna qildi va Alloh taolo: {Alloh va Uning Rasuliga qarshi urush qiladiganlarning jazosi} degan oyatni toʻliq nozil qildi.