أَخْبَرَنَا الْعَبَّاسُ بْنُ مُحَمَّدٍ الدُّورِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو عَامِرٍ الْعَقَدِيُّ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ طَهْمَانَ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ رُفَيْعٍ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ يَحِلُّ دَمُ امْرِئٍ مُسْلِمٍ إِلاَّ بِإِحْدَى ثَلاَثِ خِصَالٍ زَانٍ مُحْصَنٌ يُرْجَمُ أَوْ رَجُلٌ قَتَلَ رَجُلاً مُتَعَمِّدًا فَيُقْتَلُ أَوْ رَجُلٌ يَخْرُجُ مِنَ الإِسْلاَمِ يُحَارِبُ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ وَرَسُولَهُ فَيُقْتَلُ أَوْ يُصْلَبُ أَوْ يُنْفَى مِنَ الأَرْضِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Musulmon kishining qoni uch xislatdan biri boʻlmagunicha halol boʻlmaydi: toshboʻron qilinadigan muhsan zinokor, yoki bir kishini qasddan oʻldirib, oʻzi ham oʻldiriladigan kishi, yoki Islomdan chiqib, Alloh azza va jalla hamda Uning Rasuliga qarshi urush qilgan va shu sababli oʻldiriladigan, yoki dorga osiladigan, yoxud yerdan surgun qilinadigan kishi», dedilar.