أَخْبَرَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، عَنْ أَبِي مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنِ ابْنِ حَيَّانَ، - يَعْنِي يَزِيدَ - عَنْ زَيْدِ بْنِ أَرْقَمَ، قَالَ سَحَرَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ مِنَ الْيَهُودِ فَاشْتَكَى لِذَلِكَ أَيَّامًا فَأَتَاهُ جِبْرِيلُ عَلَيْهِ السَّلاَمُ فَقَالَ إِنَّ رَجُلاً مِنَ الْيَهُودِ سَحَرَكَ عَقَدَ لَكَ عُقَدًا فِي بِئْرِ كَذَا وَكَذَا فَأَرْسَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَاسْتَخْرَجُوهَا فَجِيءَ بِهَا فَقَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَأَنَّمَا نُشِطَ مِنْ عِقَالٍ فَمَا ذَكَرَ ذَلِكَ لِذَلِكَ الْيَهُودِيِّ وَلاَ رَآهُ فِي وَجْهِهِ قَطُّ .
Zayd ibn Arqam (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺni yahudiylardan bir kishi sehrladi. Shu sababdan u zot bir necha kun bemor boʻldilar. Soʻng u zotning huzuriga Jabroil alayhissalom kelib: «Yahudiylardan bir kishi seni sehrladi, sen uchun falon-falon quduqda tugunlar tugib qoʻydi», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ (odam) yubordilar, ular uni chiqarib olib keldilar. Rasululloh ﷺ goʻyo tushovdan boʻshatilgandek oʻrinlaridan turdilar. U zot bu haqda oʻsha yahudiyga hech narsa demadilar va yuzida uni sira sezdirmadilar.