أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ بْنِ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ يَزِيدَ، عَنْ سُلَيْمَانَ التَّيْمِيِّ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ أَبِي مُوسَى، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا تَوَاجَهَ الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَقَتَلَ أَحَدُهُمَا صَاحِبَهُ فَهُمَا فِي النَّارِ " . قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ هَذَا الْقَاتِلُ فَمَا بَالُ الْمَقْتُولِ قَالَ " أَرَادَ قَتْلَ صَاحِبِهِ " .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Qachonki ikki musulmon qilichlari bilan bir-biriga yuzlansa va biri ikkinchisini oʻldirsa, ikkalasi ham doʻzaxda boʻladi», dedilar. «Ey Rasululloh, bu oʻldiruvchi-ku, oʻldirilganning holi nima boʻladi?» deyildi. U zot: «U ham oʻz sherigini oʻldirishni istagan edi», dedilar.