أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ يَحْيَى بْنِ الْحَارِثِ، قَالَ حَدَّثَنَا مَحْبُوبٌ، قَالَ أَنْبَأَنَا أَبُو إِسْحَاقَ، عَنْ مُطَرِّفٍ، قَالَ سُئِلَ الشَّعْبِيُّ عَنْ سَهْمِ النَّبِيِّ، صلى الله عليه وسلم وَصَفِيِّهِ فَقَالَ أَمَّا سَهْمُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَكَسَهْمِ رَجُلٍ مِنَ الْمُسْلِمِينَ وَأَمَّا سَهْمُ الصَّفِيِّ فَغُرَّةٌ تُخْتَارُ مِنْ أَىِّ شَىْءٍ شَاءَ .
Mutarrif (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ash-Shaʼbiydan Paygʻambar ﷺ ning ulushi va safiyy (u zot oʻzlariga tanlab olgan narsa) haqida soʻraldi. U: «Paygʻambar ﷺ ning ulushiga kelsak, u musulmonlardan bir kishining ulushi kabidir. Safiyy ulushiga kelsak, u zot xohlagan narsasidan tanlab oladigan bir qimmatbaho narsadir», dedi.