أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ قُدَامَةَ، قَالَ حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ أَبِي نُخَيْلَةَ الْبَجَلِيِّ، قَالَ قَالَ جَرِيرٌ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يُبَايِعُ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ ابْسُطْ يَدَكَ حَتَّى أُبَايِعَكَ وَاشْتَرِطْ عَلَىَّ فَأَنْتَ أَعْلَمُ . قَالَ " أُبَايِعُكَ عَلَى أَنْ تَعْبُدَ اللَّهَ وَتُقِيمَ الصَّلاَةَ وَتُؤْتِيَ الزَّكَاةَ وَتُنَاصِحَ الْمُسْلِمِينَ وَتُفَارِقَ الْمُشْرِكِينَ " .
Jarir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy ﷺ huzurlariga kelsam, u zot baytga qabul qilayotgan edilar. Men: ‹Yo Rasululloh, qoʻlingizni choʻzing, sizga baytga bergayman va menga shart qoʻying, siz yaxshiroq bilasiz›, dedim. U zot: ‹Men sendan Allohga ibodat qilishing, namozni toʻkis oʻqishing, zakotni berishing, musulmonlarga xayrixohlik qilishing va mushriklardan ajralib chiqishing shartiga baytga qabul qilaman›, dedilar.»