أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ أَبِي حَصِينٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ عَاصِمٍ الْعَدَوِيِّ، عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ، قَالَ خَرَجَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَنَحْنُ تِسْعَةٌ فَقَالَ " إِنَّهُ سَتَكُونُ بَعْدِي أُمَرَاءُ مَنْ صَدَّقَهُمْ بِكَذِبِهِمْ وَأَعَانَهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَلَيْسَ مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُ وَلَيْسَ بِوَارِدٍ عَلَىَّ الْحَوْضَ وَمَنْ لَمْ يُصَدِّقْهُمْ بِكَذِبِهِمْ وَلَمْ يُعِنْهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَهُوَ مِنِّي وَأَنَا مِنْهُ وَهُوَ وَارِدٌ عَلَىَّ الْحَوْضَ " .
Kaʼb ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ yonimizga chiqdilar, biz toʻqqiz kishi edik. U zot: «Mendan keyin amirlar boʻladi. Kim ularning yolgʻonini tasdiqlab, zulmlarida ularga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman va u Havz boʻyida mening oldimga kelmaydi. Kim ularning yolgʻonini tasdiqlamasa va zulmlarida ularga yordam bermasa, u mendandir, men ham undanman va u Havz boʻyida mening oldimga keladi», dedilar.