أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ أَبِي إِدْرِيسَ الْخَوْلاَنِيِّ، عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي مَجْلِسٍ فَقَالَ " بَايِعُونِي عَلَى أَنْ لاَ تُشْرِكُوا بِاللَّهِ شَيْئًا وَلاَ تَسْرِقُوا وَلاَ تَزْنُوا " . وَقَرَأَ عَلَيْهِمُ الآيَةَ " فَمَنْ وَفَّى مِنْكُمْ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ وَمَنْ أَصَابَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَسَتَرَ اللَّهُ عَلَيْهِ فَهُوَ إِلَى اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ إِنْ شَاءَ عَذَّبَهُ وَإِنْ شَاءَ غَفَرَ لَهُ " .
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Paygʻambar ﷺ huzurida bir majlisda edik. U zot: «Allohga hech narsani sherik qilmaslik, oʻgʻirlik qilmaslik va zino qilmaslik ustiga menga bayat qilinglar», dedilar-da, ularga bu oyatni oʻqib berdilar. Soʻng: «Sizlardan kim (bayatga) vafo qilsa, uning ajri Alloh zimmasidadir. Kim bulardan biror narsani qilib qoʻysa-yu, Alloh uni yashirsa, u aziz va ulugʻ Alloh (ixtiyoriga) havoladir: xohlasa uni azoblaydi, xohlasa uni magʻfirat qiladi», dedilar.