أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا بِشْرٌ، - وَهُوَ ابْنُ الْمُفَضَّلِ - عَنْ خَالِدٍ، وَرُبَّمَا، قَالَ عَنْ أَبِي الْمَلِيحِ، وَرُبَّمَا، ذَكَرَ أَبَا قِلاَبَةَ عَنْ نُبَيْشَةَ، قَالَ نَادَى رَجُلٌ وَهُوَ بِمِنًى فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا كُنَّا نَعْتِرُ عَتِيرَةً فِي الْجَاهِلِيَّةِ فِي رَجَبٍ فَمَا تَأْمُرُنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ " اذْبَحُوا فِي أَىِّ شَهْرٍ مَا كَانَ وَبَرُّوا اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ وَأَطْعِمُوا " . قَالَ إِنَّا كُنَّا نُفْرِعُ فَرَعًا فَمَا تَأْمُرُنَا قَالَ " فِي كُلِّ سَائِمَةٍ فَرَعٌ تَغْذُوهُ مَاشِيَتُكَ حَتَّى إِذَا اسْتَحْمَلَ ذَبَحْتَهُ وَتَصَدَّقْتَ بِلَحْمِهِ " .
Nubaysha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Minoda turib nido qildi va: «Ey Allohning Rasuli, biz johiliyat davrida rajab oyida atiyra soʻyar edik, bizga nima buyurasiz, ey Allohning Rasuli?» dedi. U zot: «Qaysi oy boʻlishidan qatʼi nazar soʻyinglar, Aziz va Jalil Allohga yaxshilik qilinglar va (kambagʻallarni) taomlantiringlar», dedilar. U kishi: «Biz faraʼ ham soʻyar edik, bizga nima buyurasiz?» dedi. U zot: «Har bir yaylovda boquvchi mol egasiga faraʼ bordir; molingni boqib turib, u yuk koʻtaradigan yoshga yetgach, uni soʻyasan va goʻshtini sadaqa qilasan», dedilar.